M A ‘ L U M O T N O M A

M A ‘ L U M O T N O M A

Bog‘ot  tuman  tibbiyot  birlashmasida   2023-yil 12 oyi davomida  
kelib tushgan murojaatlarning tahlili to‘g‘risida 
 M A ‘ L U M O T N O M A 

Bog‘ot  tuman  tibbiyot  birlashmasida  O‘zbekiston  Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi  O‘RQ -445-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi  Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasining  2023-yil  17-apreldagi №1023-12-170-TB/2023-sonli buyrug‘i chiqarilgan. Qonun matni  va rahbariyatning  qabul qilish  grafigi  ishlab chiqilgan va  fuqarolarga  ko‘rinadigan  joyga ilib qo‘yilgan. Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning  murojaatlari bilan  ishlash tartibi  to‘g‘risidagi  Nizom ishlab chiqilgan.
          Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini  ro‘yxatdan  o‘tkazish, ko‘rib chiqish va o‘z vaqtida arizago‘ylarga javob xatlarini taqdim qilinishini nazorat qilish uchun ma’sul qilib Bog‘ot TTBning yuqoridagi buyrug‘iga asosan birlashmaning tashkiliy-metodik bo‘lim mudiri B.Mirzaev va metodist M.Rajabovlar tayinlangan. 
         Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatga olish jurnali (ma’sul-metodist M.Rajabov) mavjud va Qonun talablariga muvofiq yuritilmoqda, ya’ni murojaat qiluvchilarning to‘liq manzili, murojaat mazmuni, murojaat kimga topshirilganligi, ko‘rib chiqilganligi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida yig‘ma jildlarda  saqlanmoqda.
         2023-yil 12 oyi davomida birlashmaga yuridik va jismoniy shaxslardan jami- 508 ta murojaat kelib tushgan, shundan Virtual va Xalq qabulxonasi orqali 164 ta murojaat, 150 ta  og‘zaki murojaat, 6 ta  yozma murojaat, boshqa yuridik shaxslardan 188 ta murojaat kelib tushgan va ularga  Qonunda  belgilangan  tartibda va muddatlarda  javob  berilgan. Murojaatlar o‘tgan yilning shu davriga (565 та) nisbatan 57 taga, ya’ni 10,1%ga kamaygan. 526 ta murojaatning 295 tasi (58,1%)  ijobiy hal qilingan, 213 tasiga (41,9%) tushuntirish berilgan. Murojaatlarning mazmuni bo‘yicha tahlil qilinganda 508 ta murojaatning 216 tasi (42,5 foizi) -davolanish uchun yordam so‘rab, 98 tasi (19,3 foizi) – operatsiya qildirish uchun yordam so‘rab, 74 tasi (14,6 foizi) -nogironlikka chiqishda yordam so‘rab,  89 tasi (17,5 foizi) - order so‘rab,  31 tasi (6,1 foizi) –boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qilganligi aniqlandi va birlashma xodimlari tomonidan ushbu murojaat sabablarini kamaytirishga qaratilgan tushuntirish va amaliy ishlar olib borildi.                  


Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi  boshlig‘i:                               T.U.Kenjaev 
Birlashma ma’sul xodimi:                                                     B.Mirzaev
12-01-2024, 11:54
Sahifaga qaytish