M A ‘ L U M O T N O M A
kelib tushgan murojaatlarning tahlili to‘g‘risida
M A ‘ L U M O T N O M A
Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi O‘RQ -445-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasining 2023-yil 17-apreldagi №1023-12-170-TB/2023-sonli buyrug‘i chiqarilgan. Qonun matni va rahbariyatning qabul qilish grafigi ishlab chiqilgan va fuqarolarga ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yilgan. Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilgan.
Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘rib chiqish va o‘z vaqtida arizago‘ylarga javob xatlarini taqdim qilinishini nazorat qilish uchun ma’sul qilib Bog‘ot TTBning yuqoridagi buyrug‘iga asosan birlashmaning tashkiliy-metodik bo‘lim mudiri B.Mirzaev va metodist M.Rajabovlar tayinlangan.
Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatga olish jurnali (ma’sul-metodist M.Rajabov) mavjud va Qonun talablariga muvofiq yuritilmoqda, ya’ni murojaat qiluvchilarning to‘liq manzili, murojaat mazmuni, murojaat kimga topshirilganligi, ko‘rib chiqilganligi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida yig‘ma jildlarda saqlanmoqda.
2023-yil 12 oyi davomida birlashmaga yuridik va jismoniy shaxslardan jami- 508 ta murojaat kelib tushgan, shundan Virtual va Xalq qabulxonasi orqali 164 ta murojaat, 150 ta og‘zaki murojaat, 6 ta yozma murojaat, boshqa yuridik shaxslardan 188 ta murojaat kelib tushgan va ularga Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda javob berilgan. Murojaatlar o‘tgan yilning shu davriga (565 та) nisbatan 57 taga, ya’ni 10,1%ga kamaygan. 526 ta murojaatning 295 tasi (58,1%) ijobiy hal qilingan, 213 tasiga (41,9%) tushuntirish berilgan. Murojaatlarning mazmuni bo‘yicha tahlil qilinganda 508 ta murojaatning 216 tasi (42,5 foizi) -davolanish uchun yordam so‘rab, 98 tasi (19,3 foizi) – operatsiya qildirish uchun yordam so‘rab, 74 tasi (14,6 foizi) -nogironlikka chiqishda yordam so‘rab, 89 tasi (17,5 foizi) - order so‘rab, 31 tasi (6,1 foizi) –boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qilganligi aniqlandi va birlashma xodimlari tomonidan ushbu murojaat sabablarini kamaytirishga qaratilgan tushuntirish va amaliy ishlar olib borildi.
Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i: T.U.Kenjaev
Birlashma ma’sul xodimi: B.Mirzaev