

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ginekolog, akusher-ginekolog, stomatolog, xirurg, “UZI” hamda laboratoriya singari bir qator tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi nazarda tutilgan mazkur poliklinikada Nurafshon shaharchasi hamda Ashxobod mahallasida yashovchi 16 mingdan ortiq aholiga birlamchi tibbiy sanitariya xizmati koʻrsatiladi.Shuningdek, aholi salomatligini yanada mustahkamlash maqsadia 6 koykali kunduzgi shifoxona ham mavjud boʻlib, kerakli jihozlar bilan taʼminlangan.


Yangi oilaviy poliklinikaning ochilish marosimida tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.