M A ‘ L U M O T N O M A

kelib tushgan murojaatlarning tahlili to‘g‘risida
M A ‘ L U M O T N O M A
Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi O‘RQ -445-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasining 2023-yil 17-apreldagi №1023-12-170-TB/2023-sonli buyrug‘i chiqarilgan. Qonun matni va rahbariyatning qabul qilish grafigi ishlab chiqilgan va fuqarolarga ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yilgan. Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilgan.
Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘rib chiqish va o‘z vaqtida arizago‘ylarga javob xatlarini taqdim qilinishini nazorat qilish uchun ma’sul qilib Bog‘ot TTBning yuqoridagi buyrug‘iga asosan birlashmaning tashkiliy-metodik bo‘lim mudiri B.Mirzaev va metodist M.Rajabovlar tayinlangan.
Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatga olish jurnali mavjud va Qonun talablariga muvofiq yuritilmoqda, ya’ni murojaat qiluvchilarning to‘liq manzili, murojaat mazmuni, murojaat kimga topshirilganligi, ko‘rib chiqilganligi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida yig‘ma jildlarda saqlanmoqda.
2024-yil 12 oyi davomida birlashmaga yuridik va jismoniy shaxslardan jami- 210 ta murojaat kelib tushgan, shundan Virtual va Xalq qabulxonasi orqali 114 ta murojaat, 65 ta og‘zaki murojaat, 0 ta yozma murojaat, boshqa yuridik shaxslardan 5 ta murojaat, birlashma boshlig‘ining sayyyor qabuli orqali -22 ta murojaat, “E-murojaat” elektron tizimi orqali- 4 ta murojaat kelib tushgan va ularga Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda javob berilgan. O‘tgan yilning shu davriga нисбатан солиштирилганда мurojaatlar 324 taga, ya’ni 58,7 %ga kamaygan. Жами 210 ta murojaatning 153 tasi (72,9%) ijobiy hal qilingan, 57 tasiga (27,1%) tushuntirish berilgan. Murojaatlarning mazmuni bo‘yicha tahlil qilinganda 210 ta murojaatning 89 tasi (42,4 foizi) -davolanish uchun yordam so‘rab, 43 tasi (20,5 foizi) – operatsiya qildirish uchun yordam so‘rab, 36 tasi (17,1 foizi) -nogironlikka chiqishda yordam so‘rab, 31 tasi (14,8 foizi) - order so‘rab, 11 tasi (5,2 foizi) –boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qilganligi aniqlandi va birlashma xodimlari tomonidan ushbu murojaat sabablarini kamaytirishga qaratilgan tushuntirish va amaliy ishlar olib borildi.
Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i: T.Kenjayev