YOSHLAR BILAN UCHRASHUV VA NOGIRONLIGI BO'LGAN YOSHLARNING UYIGA BORIB HOLIDAN XABAR OLINDI
2023 yil 10 may kuni Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmasi boshligi T.U.Kenjaev Bog‘ot tumani Saxovat maxallasidagi yoshlar bilan uchrashib ularning muammolarini eshitdi.
Uchrashuvda Saxovat maxallasi oilaviy shifokori, yoshlar yetakchisi va tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Yusupov xam katnashdi. Tibbiyot birlashmasi boshlig'i Kenjaev yoshlarning xar birisi bilan aloxida suxbatlashib ularning muammolari buyicha ularga amaliy yordam berishini aytib saxovat maxallasi oilaviy shifokoriga doimiy ravishda yoshlarni xolidan xabar olishini zaruratiga karab bepul dori darmon bilan doimiy taminlanishi kerakligini aloxida topshirdi.
Nafakat tibbiyotga oid muammolari balki boshka soxaga oid muammolarini xam eshitib ularga muammolari yechimini izlashi va amaliy yordam berishini aytdi yoshlar bundan juda xursand bulishdi. Uchrashuvga kelishini imkoni bulmagan nogironligi bo'lgan yoshlarni uyiga borib suxbatlashib xolidan xabar oldi.


