DAVLAT BOJI TO‘LAMASDAN SUDGA ARIZA BERISH

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

  • ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
  • alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
  • mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
  • qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, ma’muriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq nizolar yuzasidan;
  • jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
  • yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan;
  • iste’molchilar — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan.

Demak, ushbu toifadagi nizolar bo‘yicha sudga ariza bersangiz davlat bojini to‘lamaysiz.

 Bog‘ot tuman adliya bo‘limi 

 boshlig‘i S.Sh.Qaladarov 


5-06-2023, 12:14
Ko'rishlar: 66
Sahifani chop etish