Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar to‘lanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.05.2022-yildagi PF-136-sonli Farmoniga ko‘ra (https://lex.uz/ru/docs/6020669) 2022-yil 1-iyundan boshlab yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar to‘lanishi belgilangan. 

Qolaversa, SSVning 2022-yil 30-dekabrdagi 30-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 35-2022/qq-son va Moliya vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizomning 14-bandiga asosan salohiyatli yosh shifokorlar uchun 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar ularning birinchi uch yillik mehnat faoliyati uchun belgilanishi, bunda yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar uchun har oyda:

  • birinchi yil uchun – 1 million so‘mdan;
  • ikkinchi yil uchun – 750 ming so‘mdan;
  • uchinchi yil uchun – 500 ming so‘mdan maxsus oylik ustamalar to‘lanishi nazarda tutilgan.

 

 Bog‘ot tuman adliya bo‘limi 

Bosh maslahatchisi G‘.A.Maxmudov


5-06-2023, 12:10
Ko'rishlar: 131
Sahifani chop etish