Xodimga 15 yil foydalanmagan ta’til uchun kompensatsiya to‘lab beriladimi
Mehnat kodeksining 234-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Mazkur asoga ko‘ra xodimga 15 yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanishi kerak.
Bog‘ot tuman adliya bo‘limi
Bosh maslahatchisi G‘.A.Maxmudov