BIR MUROJAAT IZIDAN

Ayni paytda fuqarolarning adliya organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. 

Adliya organlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Xususan, Bog‘ot tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Dehqonobod” mahallasida yashovchi fuqaro B.B ning ustama haqlarini undirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli Farmonining 7-bandi “g”-kichik bandida davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi ko‘rsatilgan.

Biroq, B.B ga 2020-yilda 21 390 147 so‘m, 2021-yilda 33 498 271 so‘m, 2022-yilning o‘rganish davriga qadar 33 221 714 so‘m jami 88 110 132 so‘m har oylik ustama haqi hisoblanmagan hamda to‘lanmasdan kelingan. 

O‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga tuman xalq ta’limi bo‘limidan B.B ning foydasiga to‘lanmasdan qolgan 88 110 132 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama haqlarini undirish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritilib, qanoatlantirildi hamda B.B ga 88 110 132 so‘m ustamalari to‘lab berilishi ta’minlandi. 

 Bog‘ot tuman adliya bo‘limi 

         boshlig‘i S.Sh.Qalandarov
5-06-2023, 12:08
Ko'rishlar: 68
Sahifani chop etish