BIR MUROJAAT IZIDAN

Inson huquq va qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishida adliya organlarining roli muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada Bog‘ot tuman adliya bo‘limi tomonidan muayyan ishlar bajarilmoqda.

Xususan, tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Ashxobod” mahallasida yashovchi fuqaro B.O ning o‘g‘li B.B 2022-yil 24-iyul kuni vafot qilganligi, biroq, o‘g‘lining tumandagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida iyul oyidagi ish haqlari to‘liq hisob-kitob qilinmasdan kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi. 

Aniqlanishicha, marhum B.B tumandagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlagan bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining buyrug‘iga asosan, B.B vafot etganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2022-yil 26-iyuldan bekor qilingan. 

Biroq, tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi markazlashgan moliya-buxgalteriyasi tomonidan marhum B.B oila a’zolariga 524 000 so‘m miqdoridagi ish haqlari tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning murojaati asosida xat berilgunga qadar, ya’ni 2023-yil 13-aprelga qadar to‘lab berilmasdan qolgan. Bu bilan mehnat qonunchiligi talablari qo‘pol ravishda buzilgan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilishni so‘rab taqdimnoma kiritildi hamda B.Bning to‘lanmasdan qolgan ish haqlari uning oila a’zolariga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Bog‘ot tuman adliya bo‘limi 

        Bosh maslahatchisi G‘.A.Maxmudov
5-06-2023, 12:07
Ko'rishlar: 38
Sahifani chop etish