BOG‘OT TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA “YOSHLAR SALOMATLIGI OYLIGI” DOIRASIDA 14-30 YOSHDAGI AHOLINI TIBBIY KO‘RIKLARDAN O‘TKAZILDI
Joriy yilning 27 may kuni Bog‘ot tumanida istiqomat qiluvchi 14-30 yosh aholi qatlamidan salomatligida muammosi bor 113 nafar hamda nogironligi bo‘lgan 495 nafar yoshlar viloyat va tuman tor soha mutaxassislari tomonidan profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tibbiy ko‘riklarga viloyat tibbiyot muassasalarining 12 nafar yuqori malakali tor soxa mutaxasislari hamda Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi tor soha mutaxasislari ishtirok qildi.
Shuningdek, tadbirda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida oftalmologik mobil brigada, ultratovush tekshiruv apparatlari uskunasi jalb qilindi.
Tadbir davomida jami 845 nafar yoshlar, jumladan “qizil toifaga” kiruvchi 608 nafar yoshlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘riklar jarayonida 760 nafar(90%) yoshlarda turli xildagi kasalliklar aniqlandi. Kasallik aniqlangan yoshlarning 722 nafarini (95 %) ambulator va 38 nafarini (5%) statsionar sharoitda sog‘lomlashtirish rejalashtirildi.
Shuningdek, “Mobil poliklinika”da viloyatning yetakchi mutaxassislari tomonidan ko‘rishda muammosi bo‘lgan 34 nafar yosh tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 6 nafar muammosi bor yoshlar RIKMIATMXF ga yo‘llanma va kerakli tavsiyalar berildi.
Jumladan, tadbir davomida Bog‘ot tumanida 845 nafar yoshlar, jumladan “qizil toifaga” kiruvchi 608 nafar yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Salomatligida turli xildagi muammolari mavjud bo‘lgan 3 va 4 xavf guruxidagi 608 nafar yoshlarning 575 nafari (94,5%) nafari ambulator va 33 nafari (5,5%) nafari statsionar sharoitida sog‘lomlashtirilishi rejalashtirildi. 33 nafar yoshlarning 21 nafari tuman va 12 nafari viloyat shifoxonalarida davolanish uchun tavsiyalar berildi.
Ushbu tadbirlar doirasida yoshlar o‘rtasida “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi”, “Biz chekishga qarshimiz”, Assalom tong” sport gimnastika mashqlari o‘tkazilib, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasi, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.



