Zamonaviy terapiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Forumning asosiy yoʼnalishlari sifatida:
terapevtik bemorlarga yordam koʼrsatishni takomillashtirish;
diagnostika, davolash va reabilitatsiya sohasida yangi innovatsion tibbiy texnologiyalar;
yurak-qon tomir kasalliklari;
oshqozon-ichak xastaliklari;
revmatologik muammolar;
pulьmonologik kasalliklar uchun tibbiy yordam;
shifokor-terapevt amaliyotida yondosh xastaliklar kabi mavzular kun tartibidan oʼrin olgan.
Konferentsiyada yurtimiz mutaxassislari bilan birga, Ukraina, Rossiya, Belarusь, Qozogʼiston va Tojikistondan kelgan professor-shifokorlar ishtirok etmoqda.
Taʼkidlash lozimki, hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ichki kasalliklarni prognozlash, tashxislash, davolash va reabilitatsiya usullarining yangi texnologiyalarini qoʼllab, pulьmonologiya, kardiologiya, gastroenterologiya va revmatologiya yoʼnalishlarida aholiga tibbiy yordam koʼrsatib kelmoqda.

Hozir markaz mutaxassislari tomonidan surunkali respirator kasalliklar, yurak yetishmovchiligining neyrogumoral mexanizmlari, ularni erta bosqichlarda tashxislash va davolash usullari oʼrganilmoqda.
Аnjuman doirasida terapevt, kardiolog, gastroenterolog, pulьmonolog, revmatolog, nevrolog va umumiy amaliyot shifokorlari uchun:
viloyat, tuman va shahar ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari xizmatini rivojlantirish;
aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʼriklardan oʼtkazish;
muammoli bemorlarni klinik tashxislash kabi masalalarda seminarlar, mahorat-darslari tashkil etildi.