Bog‘ot tumani sog‘liqni saqlash tizimida 2026-yil 9 oyida olib borilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT
Bog‘ot tumani sog‘liqni saqlash tizimida2026-yil 9 oyida olib borilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
Umumiy ma’lumot
Bugungi kunda Bog‘ot tumani aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun 365 o‘rinлик 1 ta tuman markaziy shifoxonasi, 960 qatnov quvvatga ega 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 710 qatnovlik 8 ta oilaviy poliklinikasi va 200 qatnovlik 4 ta oilaviy shifokorlik punkti, 12 ta maxalla tibbiyot punktlari (MTP), 1 ta SEO va JSXB, 32 ta xususiy tibbiyot muassasalari, 8 ta ijtimoiy dorixonalar va 46 ta xususiy dorixonalar faoliyat ko‘rsatadi.
Kadrlar bilan ta’minoti
Tumanda jami 280 nafar shifokor va 1160 nafar o‘rta tibbiyot hodimi faoliyat ko‘rsatadi.Shifokorlarning 121 (44,2 %) nafari oliy, 47 (15,8 %) nafari 1-toifali, 71 (28,8 %) nafari 2-toifaga ega. O‘rta tibbiyot hodimlarining 310 (24,6 %) nafari oliy, 162 (12,6 %) nafari 1-toifali, 241 (19,25%) nafari 2-toifaga ega. Tibbiyot hodimlarining malakasini oshirish maqsadida 2026-yil 9 oyida jami 39 nafar shifokor va 152 nafar o‘rta tibbiyot hodimlari malakalari oshirildi..Bugungi kunga tumanda jami 4,0 stavka vakant shifokorlik lavozimi mavjud, shundan, 1,0 stavka bolalar reanimatolog shifokori, 2,0 stavka Reanimotolog, 1,0 stavka epedimolog shifokori mutaxassisiga ehtiyoj bor.O‘rta tibbiyot xodimlari bo‘yicha vakant o‘rin yo‘q.
Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha:
2026-yil Tashabbusli budjet 1 mavsumida g‘olib deb topilgan O‘zgarish oilaviy shifokorlik punktida 1,2 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan va yakunlanish аrafasida turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya raxbari tomonidan tasdiklangan Xorazm viloyatining ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish buyicha 2026 yil 11 maydagi 02-RA 1/1-2024-sonli rejasiga asosan 4 ta obyektda:
7-son oilaviy poliklinikasida 3,6 mlrd. so‘mga Rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Madaniyat oilaviy shifokorlik puktida 3,6 mlrd. so‘mga eski binosi buzilib, yangidan bino qurish ishlari olib borilmoqda.
Xo‘jalik tayanch puktida 3,6 mlrd. so‘mga eski binosi buzilib, yangidan bino qurish ishlari olib borilmoqda.
I.Dosov oilaviy shifokorlik puktida 2,7 mlrd. so‘mga eski binosi buzilib, yangidan bino qurish ishlari olib borilmoqda.
PQ-252-son qarorga asosan "Koreya eksport-import banki bilan hamkorlikda "Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash" loyihasi dasturiga asosan 25 turdagi 41 dona zamonaviy tibbiy jihozlar olib kelindi.
2026 yil uchun 2025 yil dekabr oyida “Toza qo‘llar” dasturi bo‘yicha 134 ,3 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. Jumladan 80 dona Tanani yuvish uchun shimgich- 0, 3 mln. so‘mga, 1 386 litr Suyuq sovun- 15,2 mln. so‘mga, 3153 dona Hojatxona qog‘ozi- 7,8 mln. so‘mga, 1806 dona. Qog‘ozli sochiq- 13,9 mln. so‘mga, 2169 dona. Qo‘l uchun antiseptik vosita- 43 mln. so‘mga,65714 dona Tekshiruv qo‘lqoplari- 36,8 mln. so‘mga. Jami 117 mln. so‘mga xarid qilinib to‘liq tarqatildi.2026 yil uchun 2025 yil dekabr oyida “Toza qo‘llar” dasturi bo‘yicha 134 ,3 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. Jumladan 80 dona Tanani yuvish uchun shimgich- 0, 3 mln. so‘mga, 1 386 litr Suyuq sovun- 15,2 mln. so‘mga, 3153 dona Hojatxona qog‘ozi- 7,8 mln. so‘mga, 1806 dona. Qog‘ozli sochiq- 13,9 mln. so‘mga, 2169 dona. Qo‘l uchun antiseptik vosita- 43 mln. so‘mga, 65714 dona Tekshiruv qo‘lqoplari- 36,8 mln. so‘mga. Jami 117 mln. so‘mga xarid qilinib to‘liq tarqatildi.

