Barcha yangiliklar RSS

Funktsiya va vazifalar

Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 6 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning tahlili to‘g‘risida

 M A ‘ L U M O T N O M A 

Bog‘ot   tuman  tibbiyot  birlashmasida   O‘zbekiston  Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi  O‘RQ -445-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi  Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Bog‘ot TTBning  2023-yil   17-apreldagi №1023-12-170-TB/2023-sonli buyrug‘i chiqarilgan. Qonun matni  va rahbariyatning  qabul qilish   grafigi  ishlab chiqilgan va  fuqarolarga   ko‘rinadigan  joyga ilib qo‘yilgan. Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning  murojaatlari bilan  ishlash tartibi  to‘g‘risidagi   Nizom ishlab chiqilgan.

          Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini   ro‘yxatdan  o‘tkazish, ko‘rib chiqish va o‘z vaqtida arizaguylarga javob xatlarini taqdim qilinishini nazorat qilish uchun ma’sul qilib Bog‘ot TTBning yuqoridagi buyrug‘iga asosan TTB tashkiliy-metodik bo‘lim mudiri B.Mirzaev va metodist M.Rajabovlar tayinlagan. 

         Birlashmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatga olish jurnali (ma’sul-metodist M.Rajabov) mavjud va Qonun talablariga muvofiq yuritilmoqda, ya’ni murojaat qiluvchilarning to‘liq manzili, murojaat mazmuni, murojaat kimga topshirilganligi, ko‘rib chiqilganligi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida yig‘ma jildlarda  saqlanmoqda.

         2023 yil 6 oyi davomida birlashmaga yuridik va jismoniy shaxslardan jami- 323 ta murojaat kelib tushgan, shundan Virtual va Xalq qabulxonasi orqali 86 ta murojaat, 71 ta   og‘zaki murojaat, 6 ta  yozma murojaat, yuridik shaxslardan 160 ta murojaat kelib tushgan va ularga  Qonunda   belgilangan  tartibda va muddatlarda  javob  berilgan. 323 ta murojaatning 192 tasi ijobiy hal qilingan, 131 tasi tushuntirish berilgan. Murojaatlarning mazmuni bo‘yicha tahlil qilinganda 323 ta murojaatning 113 tasi (47,7 foizi) -davolanish uchun yordam so‘rab, 66 tasi (27,8 foizi) – operatsiya qildirish uchun yordam so‘rab, 55 tasi (23,2 foizi) -nogironlikka chiqishda yordam so‘rab,  80 tasi (33,8 foizi) - order so‘rab,  9 tasi (3,8 foizi) –boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qilganligi aniqlandi va birlashma xodimlari tomonidan ushbu murojaat sabablarini kamaytirishga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.                   

                       

   Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi  boshlig‘i:                                            T.U.Kenjaev 

   TTB ma’sul xodimi:                                                                                   B.Mirzaev


3-07-2023, 11:53
Ko'rishlar: 91
Sahifani chop etish