BOG‘OT TUMANI TIBBIYOT BIRLASHMASI TARIXI TO‘G‘RISIDA

BOG‘OT TUMANI TIBBIYOT BIRLASHMASI TARIXI TO‘G‘RISIDA


 

Bog‘otda  dunyo  bilimlarini beradigan  birorta  ham  maktab bo‘lmagan, 1924 yildan boshlab Bog‘ot qishloqlariga  harbiy   feldsherlar yuborila  boshlangan. Nihoyat 1926 yil 29 sentabrda  Bog‘ot  tumani tashkil qilingan. 1928 yilda  Bog‘otda   dastlabki feldsherlik punktlari ochila   boshlagan. Bu punktlarda  harbiy  feldsherlar  ishlagan, keyin  turli  shaharlardan  hamshiralar jalb qilingan. Bog‘otda  umumiy  sog‘liqni saqlash ishlariga  rahbarlik  qilgan   shifokorlar va davrlar  tarkibi quyidagicha:

-1930-1939-yillarda Xonqa tumani  tarkibida harbiy feldsherlar va   feldsher-akusher  Kseniya   Fyodorovna  Mixaylova (Hosil momo)

-1940-1958 yillarda Yangiariq tumani tarkibida  Lyubov Ibragimovna sey.

-1959-1968-yillarda Hasorasp tumani  tarkibida Masharip Qurbondurdiev  tuman  markaziy   shifoxonasi bosh  shifokori. 

1962 yilga  kelib  tuman aholisi   ko‘paya borib,  20 o‘rinli  Bog‘ot   qishloq  uchastka shifoxonasi torlik  qila  boshlagan. Bog‘ot  qishloq markazida  joylashgan Narimonov nomli xo‘jalik  raisi Iskandar  aka  Do‘stovning  tashabbusi   bilan  jamoaning  meva  bog‘ida  joylashgan   2 qavatli  “Dam  olish  uyi” binosi  ikkinchi  “Narimonov” qishloq uchastka shifoxonasi  qilib  berilgan va  bu   uchastka shifoxonasiga   Yusufboy   aka Xo‘janiyozov)  bosh  shifokor   qilib  tayinlangan. -Narimonov  kolxozi, I.Dosov f/u  markazida,  hozirdagi  Beshariq   qishloq fuqarolar  yig‘inida  joylashgan. 

 -1969-1975 yillarda  Hikmatillo  Sharipov.

-1976 -1981 yillarda Ozod Abdullaev.

-1981-2001 yillarda  Rustam xoji  Qurbonov.

 -2001-2005 yillarda  Rajabboy Olimov.

-2005-2008 yillarda  Po‘lat Xudayberganov.

-2009 yil  fevral  oyidan  hozirgacha  Akmal Iskandarovlar  Bog‘ot tumani tibbiyoti  ravnaqlari uchun  jonbozlik   ko‘rsatganlar.

Kseniya  Fyodorovna   Mixaylova (Xosil  momo)  1910 yilda   Orenburg  okrugi  Orskiy  tumani  Ilsko   qishlog‘ida o‘ziga  to‘q oilada  dunyoga   kelgan.  Chor  Rossiyasidagi   oktabr to‘ntarishlari  Kseniyaning  oilasi  boshiga   ham  kulfatlarni  olib  keldi,  ya’ni otasi va akasini  qamaydilar.   Kseniya  maktabni tugallab,  Orenburgdagi   tibbiyot bilim  yurtini  bitirib, Orenburg –Toshkent poezdiga chiqadi  va ish   qidiradi. Toshkentdan  Kseniyaga  1930 yilda  Xorazmga   yo‘llanma  berishadi. Xorazmdan   Xonqa tumani  kasalxonasiga   ishga  kelgan  Kseniya tezda   ko‘pchilikning  e’tiborini  qozonadi. O‘sha  vaqtda Bog‘ot   tumani  Xonqa  tarkibida   edi.  1939 yili  Bog‘ot  Xonqa  tarkibidan ajralib  chiqadi. Ayni   ikkinchi  jahon  urushining   dahshati  Xorazm xalqini  ham tashvishga solayotgan edi. Ana  shunday   paytda  Kseniya  yerlik aholi bilan  tezda  til  topishib, dardkash  insonlarga   qo‘lidan  kelgancha  yordam   ko‘rsatdi va  do‘stlar  orttiradi   va  turmushga  chiqib   1980 yilda  piru  badavlat   bo‘lib  vafot  qiladi. 

1940 yilda opa singil  Lyubov va  Simalar   Bog‘ot  tibbiyotiga  o‘z  hissalarini  qo‘shganlar.

O‘sha  vaqtda Lyubov Ibragimovna  sey  tuman  sog‘liqni   saqlash  mudiri  vazifasida   ishlar, uning  qo‘li  ostida tumanning  dastlabki   shifokorlari  to‘planishgandi. Kichik  jamoa  axolining  katta  xalqning sog‘lig‘ini  saqlash  uchun  yelar,  dori-darmon,  kiyim-kechak, ovqat,  davolash   bepul  bo‘lgani  bilan  faqat  20 o‘rinli   shifoxonada  barcha  bemorlarni  davolashning   imkoni  yo‘q  edi. Juda og‘ir  kasallar   traktor, ot-arava  yoki  foytunda   keltirilardi. Lyubov Ibragimovna  sey  ko‘p  yillik   samarali  mexnati uchun  “ O‘zbekistonda  xizmat   ko‘rsatgan shifokor”  unvoniga  sazovor   bo‘lgan. U  mexnat  qilgan paytlar  garchi og‘ir   davrlar bo‘lgan bo‘lsa  ham, davolash-profilaktika ishlarini talab darajasida  olib  borgan.

 

1959 yil 16-noyabrdan Lyubov  o‘z yurtiga Kavkazga  ko‘chib ketadi  va  uning  o‘rniga bosh   shifokor  Masharip  Qurbondurdiev   tayinlanadi.  1959 yildan 1968 yilgacha  Masharip  Qurbondurdiev  tuman   tibbiyoti  darg‘asi   bo‘lib  faoliyat yuritdi. Vatanimizning gullab–yashnashi va buyuk kelajagi uchun har bir soxa va kasb egasining o‘z ma’naviyati  shakllanmog‘i lozim. Jumladan, tibbiyot soxasining fidoyilari bo‘lmish shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining yuksak ma’naviyat soxibi bo‘lishi davr talabidir. Kundalik xayotimizda aholi bilan doimiy muloqatda bo‘ladigan shifokor va hamshiralar o‘z navbatida nafaqat malakali, balki har tomonlama yetuk, dunyoqarashi keng, tafakkuri teran bo‘lgan, yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli inson bo‘lishlari talab etiladi. 

Elning sog‘ligi yurtning boyligi, deb bejizga aytilmagan. Qachonki insonlar sog‘–salomat  bo‘lsagina  xayot  shitob  bilan  ilgarilaydi,  jamiyat rivoj topadi, turmush  yanada farovonlashadi. Sog‘lom  millatning  farzandlari  xam  tetik,  zukko, serg‘ayrat  va  kuchli bo‘lib  voyaga  yetadi.  Ana  shuning uziyoq  yurt  uchun  gavxarlarga  teng boylik  xisoblanadi. 20  o‘rinli   qishloq  uchastka shifoxonasida  hamma  soxa bemorlari,  xatto  bolalar   va  xirurgiya  soxasi   bemorlari  ham  davolana   boshlagan. 1953 yilda  Toshkent  Davlat   tibbiyot  institutining  davolash   fakultetini  tugatib,  Xonqa  markaziy  shifoxonasida 1953-1956 yillarda  xirurgiya   soxasidan  faoliyat   ko‘rsatgan   Viktor  Kaspirov  1956-1958 yillarda Bog‘ot  qishloq   uchastka  shifoxonasida operatsiya  xonalari tashkil  qilib.   axoliga  xirurgik  yordamni   yo‘lga qo‘ygan.  

 Shifokorlik   fidoiylikni  talab qiladi,  insonning   qalbida  olam  va odam   ishqi,  yashash,  tirikchilik  zavqi,  ishchanlik  sururi   limmo-lim  bo‘lmasa,  barcha   urinishlari  bekor. Ana  shunday   ajoyib  qalb  egasi,   marhum  Ozod  Abdullaev   navqiron  umrining  32 yilini  xalq  salomatligini asrashga  bag‘ishladi. 1976 -1981 yillarda  tumanda   bosh  shifokori  vazifasida   faoliyat yuritdi. Ozod  Abdullaev  ishchanligi,   tadbirkorligi  bilan  darxol   ko‘zga  tashlandi. Halq  mexriga   va  xurmatiga  sazovor   bo‘ldi.  Shifoxonaga  kerakli   inventarlar  olib  kelinib,  sharoitlarni   yaxshiladi. Kamtarlik, samimiyat, ochiq   ko‘ngillikni  do‘st  tutingan   bu  shifokor  barchaning   eng yaqin  kishisiga  aylandi. 1976 yildan  Bog‘ot   tuman  markaziy  shifoxona  bosh  shifokorlik  lavozimida,  1967-1976   yillarda  №1-son  viloyat shifoxonasi  bosh  shifokorining  tashkiliy –uslubiy  ishlari   bo‘yicha  muovini  lavozimida   faoliyat  ko‘rsatib, sog‘liqni  saqlash   sohasining tashkilotchilik   maktabini   o‘tagan  Ozod  Abdullaevich  xizmat  qila boshlagan  kunlardan   boshlab  viloyatning boshqa  tuman  markaziy  binolaridan   tubdan  farq   qiladigan

   loyixa  asosida  katta  tuman  markaziy   shifoxona  majmuasini  bunyod   qilishni  maqsad  qilib  qo‘ydi. Ko‘p  izlanishlar   natijasida   240  o‘rinli shifoxona  va  350 qatnovga  mo‘ljallangan  poliklinika   binolari  loyixasini  viloyat   kapital  qurilish  boshqarmasi   rejasiga  kiritib, Bog‘ot  tuman  markaziy  shifoxonasi qurilishiga  asos solgan.  

-1981-2001 yillarda  Rustam xoji  Qurbonov   bir  so‘z  bilan  aytganda fidoiy  rahbar  bo‘lganlar, xalqning  dardu tashvishlarini  qalbidan   o‘tkazib,  ularni  ro‘yobga chiqarish,  zimmasiga   yuklatilgan  vazifalarni  ado  etish  uchun  o‘zining  hayotini  fido  qilishga  qodir   insondir. Odamlar  xurmat –e’tiborini  qozonib, katta  jamoani   yagona  maqsad  yo‘lida  jipslashtira   olgan,  yigirma  yildan   ortiq  tuman  markaziy   shifoxonasiga  rahbarlik  qilgan  ajoyib  insondir.   Tuman  markazida  240 o‘rinli   shifoxona  qurilishi  boshlanib, 200,000 so‘mlik  mablag‘   faqat binoning  fundamentiga  yetib, qurilish  5 yilga   qolib  ketdi.  Rustam  Qurbonov  zimmasidagi   bu  qurilishni nihoyasiga  yetkazib, ishga  tushirish   uchun  qilayotgan  sa’y harakatlarni  o‘rgangan  

Abdulla  Iskandarov  (avvalgi  Narimonov   xo‘jaligi  raisi  Iskandar   aka Do‘stovning  farzandi)  to‘xtab  qolgan  qurilishni   qanday  davom  qildirish   haqida ko‘p  va xo‘p  o‘ylab,   ko‘plar  bilan  maslaxat   qilib, 

Tuyamo‘yin  qurilish   tresti  xizmatchi-quruvchilarini  boshlab   keldi.

Ular  qurilishni   boshqatdan  boshlab,  1991 yil   8-fevralda markaziy  shifoxonani ishga  tushirdilar. Rustam  Qurbonov   rahbarlik qilgan  20 yil ichida  240 o‘rinli   shifoxona,  tug‘ruqxona, jarroxlik uchun  yangi  binolar, Qizil-ravot  qishlog‘ida   shifoxona  va   tuman   qishloqlarida  2 ta QVP ishga  tushirildi. R.Qurbonov  yillar   o‘tgan  sayin  so‘zning   buyuk  qudratini,  rahbarlik   madaniyatini  namoyon  qila  bordi.

U har  bir  odamga qanday  gaplarni  qay  ohang  bilan  aytish  zarurligini,   ichki dunyosini, aytilgan  gaplarning  qanday   natija berayotganini  sezardi. So‘z  aytishdan, 

ish  topshirishdan avval  xox  kichik, xox  katta  bo‘lsin,   rahbar  yoki  mexmon   bo‘lsin,   har  daqiqada   u ortidan  keladigan  oqibatga   juda  e’tiborli  bo‘lardi. Odamlar  o‘rtasida   o‘zaro muomalada  kerakli  gapni  o‘z vaqtida  aytishga  odatlandi. Bo‘lim  boshliqlarini   tanlash  va  joy-joyiga   qo‘yish, kadrlarni  tanlash, hamshira va  sanitarkalarni   bo‘limlarga   joylashtirishda  ularning  xulqi,   odobi,   ijtimoiy  kelib chiqishi,  muomala   madaniyati, o‘qishini  qanday  tugatganigacha  hisobga   olardi. Har bir  soniyasi  faqat  ezgu  ishlar   uchun  taqsimlangan, ko‘plab   jamoat   yumushlariga  bosh-qosh,  tibbiyotchilik  kasbiga   sadoqatli, fidoiy  insonlar  yuragiga   yuragini  payvandlagan shunday  insonlar   halqimiz  baxtiga  sog‘  bo‘lsinlar Onalar va bolalar sog‘ligini saqlashda yangi vazifalar ishlab chiqildi, farzand ko‘radigan yosh ayollarning salomatligini nazorat qilish tizimi sifat jixatidan yaxshilandi.       Prezidentimiz Islom Karimovning e’lon qilgan «Sog‘likni saqlash tizimini islox qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini  amalga oshirishni asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida» gi Farmoni zimmamizga katta ma’suliyat yukladi. Bu muxim xujjat talablariga ko‘ra ishimizni tubdan o‘zgartirish choralarini ko‘rdik va qisqa muddat ichida eng asosiy vazifalarni uddaladik. 

2005 yili Ota-ona  duosi  mustajob   bo‘lib, Rajabboy  Olimov  katta  doktor   bo‘ldi. 20 yildan ortiq  jamoaga  sardorlik  qilgan  R.Qurbonov  o‘z xoxishiga  ko‘ra  o‘rnini  Rajabboyga  bo‘shatib  berdi.

Yangi rahbar   ishni  rejalashtirilgan G‘alaba shirkat  xo‘jaligidagi   QVP qurilishini  boshlashdan  boshladi.   Toshkent  jamoa  xo‘jaligidagi  QVP  qurilishida  bosh  qosh  bo‘ldi, QVP larga   muzlatgich   va  sovutgichlar berilishi  uchun  yelib  yugirdi. YuNISEF tashkiloti  muruvvati   yordamida  har  bir  QVP ga 2 mln so‘m  atrofida  dori darmonlarni  olib berishni   tezlashtirdi.”Tez  tibbiy  yordam” mashinalari “UZD” apparati. Har  qaysi QVPga 10 mln so‘m  turadigan   tibbiy  anjom to‘plamlarining  berilishi   tuman  shifokorlarining  kasb  mahorati, mexnat shijoatini  yanada  oshirdi.

-2005-2008 yillarda Po‘lat Xudayberganov  jamoaga sardorlik qildi.

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasiing «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar salomatligini mustaxkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishida va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish tug‘risida» gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha katta ishlar qilindi. Aslida oilalarda tibbiy madaniyat sifatini oshirishning o‘zi nima? Shunga erishishi kerakki, oilaning xar bir a’zosi o‘z salomatligi o‘zining qo‘lida ekanligini tushunib yetsin, xayotini qadrlashga o‘rgansin, bunga xarakat qilsin va o‘z xonadonida sog‘lom muxit yaratishga erishsin. Ana shundagina axolining tibbiy madaniyati, tibbiy savodxonligi yuksaladi, og‘ir asoratlar qoldiruvchi yuqumli infeksion kasalliklar barxam topadi, yurt tinch va osoyishta yashaydi. Shu maqsadda shifokorlar  va xamshiralar  maxalla va qishloklarda uyma – uy yurib, axoli bilan suxbat xamda uchrashuvlar o‘tkazmokda. Joylarda ayollar va bolalarni mukammal tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish, istalmagan xomiladorlikning oldini olish maqsadida farzand ko‘rish  yoshidagi  ayollarga kontraseptiv vositalar  yetkazib  berish  masalalariga jiddiy qaralmokda. Xullas  xar  bir shifokor o‘z zimmasiga ulkan majburiyatni  xis etib, el  salomatligi  uchun  ma’sul  ekanini  unutmasligi  kerak. 

Prezidentimiz  yangi  asrimizning  birinchi yilini  « Onalar   va  bolalar » yili  deb ataganliklarining  o‘zi  xam  biz  tibbiyot  xodimlari   zimmasiga  ulkan  vazifa va   ma’suliyatni  yukladi. Biz  tinch  va  osayishta, obod va  ozod, to‘q   va  farovon ko‘rishni  orzu qilayotganimiz  Vatanning   taqdiri, xalqimizning  baxt-saodati  va  farovon  xayot  kechirishi  ertamizning  ishonchli   egalari  bo‘lajak  avlodning   kamolatiga  bog‘lik.         

-2009 yil  fevral   oyidan  hozirgacha   Akmal Iskandarov   katta  jamoaga  bosh  qosh  bo‘lib  ustozlari  izidan  borib, tumanimiz  aholisi  sog‘lig‘ini    muxofaza  qilishdek  ishda  jonbozlik  ko‘rsatmoqda.

“Yaxshi  farzand  chiqar  yaxshi  xonadan”   deganlaridek,  muxtojlarga  hayr  saxovat  ko‘rsatgan,  mexr-oqibatli, insonparvarligi  sabab  izzat-xurmat  topgan  Iskandar   aka Iskandarov  xonadonida  1971 yili dunyoga  kelgan   o‘g‘il  farzand  Akmalbek   oilaga  tuganmas  quvonch   shodliklar  olib keldi. 1995 yili  otasi  Iskandar  akaning  bevaqt  vafot  qilishi   tufayli  muxtarama  volidai   mukarramasi  Jamila  opaga  qo‘l qanot bo‘ldi.  Shu   o‘rinda   bir  rivoyatni  keltirish   lozim. Unda  aytilishicha bir  xukmdor   o‘z  o‘g‘liga  murabbiy  yollabdi. Bola  odob  va  fazilatda   yagona  bo‘lib,  kamolga   yetganda  bir  kuni  murabbiy   uni  hech  bir sababsiz   kaltaklabdi. Shunda  bolaning  ko‘nglida   murabbiyga  nisbatan  kek  saqlanib  qolibdi. Vaqti  yetib  hukmdor  o‘lib  uning o‘rniga  taxtga  o‘tiribdi   va  o‘z  murabbiyini   chaqirtirib:

-Nega  falon  paytda   meni  hech  bir  sababsiz  urgan  eding,  deb  dag‘dag‘a   qilibdi.

Ey  hukmdor,-debdi  unga  javoban  murabbiy.

-Men  fazlu  odobda   kamolga  yetganingni  ko‘rganimda   otang  vafotidan  keyin  albatta  taxtga   o‘tirishingni  bilgan  edim. Shuning   uchun   tayoqning  zarbini-yu  nohaq  zulmning  alamini   torttirdimki, toki  sen  bu  zulmni  hech  kimga ravo   ko‘rmagaysan. Bu so‘zlardan  hukmdor   chuqur  o‘yga cho‘mibdi, va  o‘z  murabbiyiga  rahmatlar  aytibdi. 1999 yildan Bog‘ot markaziy  shifoxonasi   tajribali  jarroxi “Sog‘lom avlod “ ordeni  nishondori  Nurilla aka   Bekchanovga shogird  tushdi. Undan insoniylikning  ulug‘  sifatlarini   o‘rgandi. Mexnatsevarlik, kamtarlik, halollik  hayoti   mazmuniga  aylana  borib, xalq   salomatligi  yo‘lidagi mexnati  asosini   shakllantirdi. Ishchanlik,  o‘z  kasbiga   fidoyilik  sifatlari  uni   2001 yildan  markaziy  shifoxona   bosh  shifokori  davolash   ishlari bo‘yicha  o‘rinbosari  darajasiga   ko‘tardi. Bu  sharafli  ishonch   unga  yanada  ma’suliyat   yukladi. 2009  yildan   boshlab  katta  jamoaga   bosh  bo‘lib  fidokorona   tinmay  xizmat  qilib  kelmoqda.                                                                                                                                                                                                      

Yurtimiz   mustaqillikga  erishgach  mamlakatimizning  barcha   soxalarida  xalkimiz  farovon   turmush  tarzini barpo  etish  maqsadida  tub  o‘zgarishlar isloxotlar  olib  borilmoqda.   Shu qatorda  tibbiyotda  xam  axoli salomatligiga   davlatimiz  tomonidan jiddiy  e’tibor    qaratilayotganligi  quvonarlidir. Dunyoda  mavjud   kasblarning barchasi inson  manfaatlari  uchun  xizmat  kiladi.   Jumladan:  tibbiyot  soxasi   ushbu kasblar ichida  mashakkatli  ammo  sharafli  kasblardan   biridir. Yurtimiz  mustakillikga  erishgach   bu  kasbga bulgan  e’tiborning   yanada  oshishi  tibbiyot   soxasining    ravnaq  topishini   ta’minlaydi. 

Bog‘ot  tumani  tibbiyot   birlashmasi Bog‘ot  tumani  markazida   Toshkent  ko‘chasi № 2 uyda  joylashgan bo‘lib, 5.104 ga maydonni  tashkil   qiladi.

Akmal  Iskandarov  bosh  shifokor  bo‘lib   ish  boshlagan   kunidan   boshlab, tuman  markaziy  shifoxonasida   rekonstruksiya  qilish  ishlari   boshlanib  ketdi. Jumladan  2009 yilning   o‘zida  avariya  xolatida bo‘lgan  davolash   korpusida podval  qismini  rekonstruksiya  qilish va   quvvatlarni  to‘liq  ishga  tushirish  muvaffaqiyatli  bajarildi. 

2010 yilda ko‘p  tarmoqli   poliklinika  zamonaviy  rekonstruksiya  qilindi   va ishga  tushirildi. 2010-2011 yillarda  tugallanmasdan  yotgan   1991 yilda  boshlanib,  “Tug‘ruq   kompleksi” qayta  rekonstruksiya  qilinib, to‘liq  foydalanishga   topshirildi. 

Kompleksda  90-o‘rinli   tug‘ruqxona  bo‘limida 45 o‘rinliyangi  bino, kuniga   75 yo‘nalishga  xizmat  ko‘rsatadigan “Tez  yordam” bo‘limi faoliyat  ko‘rsatmoqda. 2013-2014 yillarda  markaziy   shifoxonaning  barcha  bo‘limlari,   yordamchi  binolari  rekonstruksiya   qilinib, 2014 yil 1-sentabr  ya’ni  Mustaqillik  bayrami   kuniga  foydalanishga  topshirish   rejalashtirilmoqda.   

 

Bog‘ot  tibbiyoti   tarixiga  nazar  solsak   bir  qancha  tibbiyot   xodimlari 

 o‘tganlar  va  ularning  oxiratlari   obod  bo‘lsin:

 

Bu ustozlarga  qarata   shunday  xitob  qilging   keladi.

 

 

                                       Biz o‘lsak  axtarmang   toshdan tuproqdan.

                                        Nasibamiz uzilur  yaqin  yiroqdan.

                                        Biz faqat   yashaymiz, do‘stlar  qalbida.

                                        So‘rangiz   samimiy  do‘stdan  o‘rtoqdan.

 

 

-Yusufboy   Xo‘janiyozov-moxir  jarrox, xalqparvar  inson.

-Jumaboy   Madraximov –moxir  jarrox, ajoyib  oila  soxibi.

-Komiljon   Vafaev – moxir jarrox, komil inson.

-Masharip   Qurbondurdiev- infeksionist, eng  oliyjanob inson.

-Ra’no Yusupova-pediatr, tuman  bolajonlarining onajonisi.

-Roza  Axmedova-akusher-ginekolog,  moxir  doya.

-Farxod   Jabborov-terapevt, kamtarin  inson.

-Ozod  Abdullaev, infeksionist, eng  dilkash  inson.

-Nurmamat Egamov-jarrox, ajoyib  tashkilotchi.

-O‘rozgul Safarboeva-akusher-ginekolog, qo‘li yengil  doya.

-Bobojon   Hasanov-bosh  tibbiy  birodar.

-Bekjon   Axmedov - reanimotolog.

- Ozod  Yusupov  -stomatolog,   o‘z  ishi  ustasi.

- Jumaboy   Jumaniyozov- infeksionist, eng  kamtar  inson.

 -Axmad  Allaquliev-okulist,  ma’rifatli inson.

  -Alisher   Qurbonov-lor, eng  qo‘li  yengil yosh   shifokor.

-Hasanboy   Sapaev – rentgenolog, eng  kamsuqum inson.

  -Begmat Iskandarov-akusher-ginekolog,eng hamdard inson, ex bu ro‘yxatning  davomi ko‘p.

 

 

Xalqimiz sog‘lig‘ini muxofaza  qilishdek  sharafli va mashaqqatli ishda  jonbozlik  

 ko‘rsatib hozirda  nafaqada  qarilik   gashtini  surayotgan  tibbiyot   xodimlaridan.

 

-Abdulla  Ibodullaev-terapevt.

-Jumanazar  Durdiboev-jarrox.

-Sobir  Ro‘ziboev-koj/venerolog.

-Dilorom  Xo‘janiyozova-doya.

-Roxatoy  Egamova-doya.

-Qo‘chqorboy  Matmurotov-lor.

-Rustam xoji  Qurbonov-lor.

 

 

 

 

- Nazira  Yusupova - hamshira.

- Sultonposhsha  Matyoqubova –hamshira.

- O‘rinov  Raximboy-urolog.

-Ko‘pal  Qurbonboev-pediatr.

-Ismoil  Ibragimov-pediatr.

 -Roziya   Qodirova – hamshira.

   

 

Halq  mexriga   va  xurmatiga  sazovor   bo‘lgan tibbiyot xodimlaridan:

 

-Nurulla   Bekchanov-jarrox.

-Erkinboy   Jumaniyozov-jarrox.

-Gulandom Atajonova-hamshira.

-Raximboy Polvonov-jarrox.

-Farxod   Xudoshkurov -travmotolog. 

-Shermat   Matyoqubov-nevropatolog.

 -Quramboy  Axmedov-gastroentrolog.

-Abdullajon   Yusupov-terapevt.

-Gulora   Sadullaeva –inspektr K/B.

 -O‘g‘iljon  Xo‘janiyozova – operatsion hamshira.

- Po‘latboy   Xudayberganov-jarrox.

-Axmad  Saidov – anesteziolog.

-Baxodir   Yo‘ldoshev – anesteziolog.

-Dilbar Hasanova –anestezistka.

-Dilmurod   Murotov-akusher-ginekolog.

-Shakar   Allaberganova- akusher-ginekolog.

- Otabek   Raximov-pediatr.

-Lolajon   Davletova-hamshira  va boshqalar.

 

            Bog‘ot  tuman tibbiyot birlashmasi  2008 yilda   O‘zbekiston Prezidentining 02.10.2007 yildagi №700-sonli «Respublikada tibbiet muassasalari faoliyatini  tashkil kilish  tugrisida»gi   karori va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 18.03.2008 yildagi № 48-sonli «Xududiy  soglikni saklash muassasalarining  tashkiliy   tuzilmasini va faoliyatini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  tugrisida»gi karori,  bu yuzadan   Xorazm viloyati Xokimining 31.03.2008 yildagi №51- sonli karori, Bogot  tuman Xokimining 2008 yil 12 iyuldagi №318-sonli karorlari  asosida  tumanda oldin mavjud bulgan  tuman markaziy shifoxonasi, 1 ta tuman markaziy poliklinikasi, 18 ta KVP,  1 ta tuman DSENM, 1ta Salomatlik markazini uz ichiga olgan va ularni birlashtirgan xolda  tashkil kilingan.

            Xozirgi kunda TTB tarkibidagi markaziy shifoxona   370 ta budjet shifo urniga ega bulib, Shoshilinch tez tibbiy yerdam bulimi, kabul bulimi, tugruk bulimi, bolalar kasalliklari bulimi, yukumli kasalliklar bulimii, rejali xirurgiya bulimi, terapiya bulimi, diagnostika bulimi, tumanlararo OITS laboratoriyasi, kup tarmokli tuman markaziy poliklinikasi, silga karshi kurash dispanseri, aellar maslaxatxonasi va xujalik xisobidagi reabilitatsiya va fizioterapiya bulimlariga ega.

             Bu  statsionar bulimlarda xar yili urtacha  15000 nafar bemor statsionar sharoitda  uz sogliklarini tiklayaptilar, shulardan  urtacha 3000  nafar bemor   jarroxlik amalieti yuli bilan davolanmokda. 

Ambulator sharoitlarda, ya’ni kup tarmokli  tuman markaziy poliklinikasi, silga karshi kurash dispanseri, aellar maslaxatxonasi va 18 ta KVPlarida  tuman axolisi tomonidan  yiliga urtacha 1 mlrd dan oshik     (axoli   jon  boshiga  urtacha   9 ta)  katnovlarga tibbiy xizmat kursatiladi, 

Tez tibbiy yerdam bulimida  yiliga urtacha 25000 ta  chakiruvlar bajarilib, 30000 nafar  fukarolarga   tez tibbiy yerdam kursatilmokda. 

     

 

Xorazm  viloyati   sog‘liqni  saqlash  boshqarmasiga qarashli

Bog‘ot  tumani   tibbiyotiga  bir nazar

DPM larda  urta tibbiyot   xodimlarining, ayniksa xamshiralarning bekiyos urni  bor. Sababi, vrach kanchalik yetuk,bilimdon  bulmasin,pirovard natijada  uning  ishi  natijasini aynan  xamshiraning   ish  jarayoni va  mexnati   orkaligina kura  olamiz. Chunki  xamshira vrachning  bemor buyicha   kursatmalarini bajaruvchi, bemor bilan bevosita  va muntazam   mulokotda buluvchi xodim xisoblanadi.  Ogrikdan   azob  chekayotgan insonning imkon  kadar  tezrok  tuzalishi   vrachning  anik  tashxisi   xamda xamshiraning  uz vaktidagi tugri parvarishi, mexribonligi, shirin suziga boglik. Ayni shu  jixatlar xamshiralikda  muxim xisoblanadi  va bilim, maxorat, tajriba,parvarish  tufayli ular   xayotga kaytadilar. Yosh xodimga bemor bilan mulokot kilayotganda uzini sokin, erkin tuta bilishi, sifatli xizmat kanday kursatilishi, bemor dardini eshita bilishi, tushunishi, bemorning asabiga tegadigan xolatlarni yuzaga keltirmaslik, bemorga uzini yakin xamdard sifatida tutishi va         shuni xis kilgan bemordan tezrok tuzalib ketishiga  ishtiyok uygota olishi  kabi xislatlar xar oyning boshida muntazam  utkaziladigan xamshiralar kengashida singdirib boriladi. Nomiga munosib ish olib borayotgan shifoxonaga kelgan bemor tez orada sogayib ketishi anik. Bunday deyishimizga asosimiz bor. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng kamrovli isloxotlar natijasida zamonaviy tibbiy asbob – uskunalar bilan jixozlangan shifoxonaga dard bilan emas, shunchaki utkinchi sifatida tashrif buyursangiz, barchasiga uzingiz guvox bulasiz. Salomatlikka nisbatan birgini kichik e’tiborsizlik, lokaydlik ertaga kechirib va tuzatib bulmas xatolarni yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun xam tibbiyot soxasini rivojlantirish, axoli salomatligini ximoya kilish mamlakatimiz siyosatining eng ustivor vazifasi kilib belgilangan. 

Xozirgi zamonda urta tibbiyot xodimi jamiyatda uz urniga ega bulgan kasb egasi xisoblanadi. U zamonaviy tibiy asbob – uskunalarni ishlata olishi, bemor bilan oson til topishishi, tibbiyot soxasining barcha kirralaridan xabardor bulishi zarur. Bemor aynan xamshira bilan kuprok muomalada bulganligi sababli, uning sogayishida xamshiraning xizmatlari cheksizdir. Xamshira xozirjavob, shirinsuxan, bilimdon, zukko va chakkonligi bilan boshkalarga urnak bulishi lozim.

            Vatanimizning gullab – yashnashi va buyuk kelajagi uchun xar bir soxa va kasb egasining uz ma’naviyati shakllanmogi lozim. Jumladan, tibbiyot soxasining fidoyilari bulmish shifokorlar va urta tibbiyot xodimlarining yuksak ma’naviyat soxibi bulishi davr talabidir. Kundalik xayotimizda axoli bilan doimiy mulokatda buladigan shifokor va xamshiralar uz navbatida nafakat malakali, balki xar tomonlama yetuk, dunyokarashi keng, tafakkuri teran bulgan, yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli inson bulishlari talab etiladi. 

Elning sogligi yurtning boyligi, deb bejizga aytilmagan. Kachonki insonlar sog – salomat bulsagina xayot shitob bilan ilgarilaydi, jamiyat rivoj topadi, turmush yanada farovonlashadi. Soglom millatning farzandlari xam tetik, zukko, sergayrat va kuchli bulib voyaga yetadi. Ana shuning uziyok yurt uchun gavxarlarga teng boylik xisoblanadi. Onalar va bolalar sogligini saklashda yangi vazifalar ishlab chikildi, farzand kuradigan yosh ayollarning salomatligini nazorat kilish tizimi sifat jixatidan yaxshilandi. Shuningdek skring markazlari, bolalar shifoxonalari, tugruk muassasalarining moddiy texnik bazasi mustaxkamlandi.

            Prezidentimiz Islom Karimovning e’lon kilgan «Soglikni saklash tizimini islox kilishni yanada chukurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini  amalga oshirishni asosiy yunalishlari tugrisida» gi Farmoni zimmamizga katta ma’suliyat yukladi. Bu muxim xujjat talablariga kura ishimizni tubdan uzgartirish choralarini kurdik va kiska muddat ichida eng asosiy vazifalarni uddaladik. 

             Bugungi kunda bogot tumanida  355 uringa muljallangan  1 ta markaziy shifoxona, 960 atnovga muljallangan 1 ta KTMP, 710 katnovga muljallangan  8 ta oilaviy poliklinika, 200 katnovga muljallangan 3 ta oilaviy shifokorlik punkitlari va  9 ta kuchma tibbiyot punktlari tumanimizning 172573 nafar axolisiga sifatli tibbiy xizmat kursatib kelmokda. Xurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan shu bilan birga soglikni saklash vazirligi tomonidan tibbiyotga katta etibor karatilib tibbiyotdagi isloxatlar inson kadri uchun tamoyili asosida zamonaviy apparaturalar bilan taminlanmokda jumladan  zamonaviy EEG apparati , xar bir oilaviy poliklinikalarimiz zamonaviy UZI, EKG apparatlari bilan taminlab berildi, laborotoriya bulimlari zamonaviy laborotor apparatlar, zamonaviy rentgen xattoki zamonaviy mikroskoplargacha taminlab berilgan. Bu albatta uz navbatida bemorlarga uz vaktida tugri va anik tashxislar kuyib bemorlarning tugri anik davo muolajalarini olishda kulayliklar yaratadi. Shuningdek mexirli yurak inson kadri uchun loyixasi asosida tumanimizdagi kizil yarimoy jamiyati tashabbusi bilan kordiologiya bulimiga zamonaviy Exokardiografiya apparati urnatilib bemorlarga sifatli xizmat kursatib kelmokda

1-06-2023, 15:56
Sahifaga qaytish